Isroil Bosh shtabi halok bo‘lgan Hizbulloh jangarilari sonini e’lon qildi

Isroil Bosh shtabi halok bo‘lgan Hizbulloh jangarilari sonini e’lon qildi

Isroil mudofaa kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Gerzi Halevi o‘tgan yilning oktabr oyidan beri Livanning «Hizbulloh» radikal harakatining 600 dan ortiq jangarilari yo‘q qilinganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Ynet .

Unga ko‘ra, harakatning o‘ldirilgan o‘nlab jangchilari Hizbullohning harbiy elitasiga mansub edi.

«Hizbulloh to‘layotgan narx oshib bormoqda, bizning hujumlarimiz kuchayib boraveradi», dedi Halevi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ID keyingi qadamlarga yaxshi tayyorlangan va ularni oldindan rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!