Isroil askari vayron bo‘lgan masjiddan Qur’onni olovga tashladi

Isroil askari vayron bo‘lgan masjiddan Qur’onni olovga tashladi

G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida joylashgan Isroil armiyasi askari Isxak Buzna o‘zining Instagram'dagi sahifasida Qur’onni yoqib yuborgan videosini e’lon qildi.

Kadrlarda askar Isroil armiyasi tomonidan vayron qilingan masjidlardan biriga kirib, u yerdan topilgan Qur’onni yaqin atrofdagi alangali olovga uloqtirgani aks etgan.

Video internetga tarqaldi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining qattiq noroziligiga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng isroillik harbiy o‘zining profil suratini o‘chirib tashladi va sahifani blokladi.

Xabar qilinishicha, Isxak Buzna Givati brigadasi tarkibida 435-Rotem piyoda askarlari batalyonida xizmat qiladi.

Isroil armiyasi voqeani tekshirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Armiya matbuot xizmati bayonotida, videodagi askarning xatti-harakati «Isroil armiyasining qadriyatlariga mos kelmasligini» ta’kidladi.

Falastinning G‘azo sektoridagi Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida, 2023 yil 7-oktabrdan beri blokadadagi G‘azo sektorida Isroilning davom etgan hujumlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 35 709 nafarga yetdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, anklavda yana 79 990 kishi istiqomat qiladi.

Qayd etilishicha, hujum qurbonlari orasida 15 103 nafar voyaga yetmaganlar va 9 849 nafari ayollar bo‘lgan.

Halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqarolik mudofaasi guruhlari Isroil kuchlari tomonidan yuzaga kelgan to‘siqlar tufayli ularga yetib bora olmayapti, deya qo‘shimcha qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!