Isroil AQShga yashirincha bosim o‘tkazmoqda

Isroil AQShga yashirincha bosim o‘tkazmoqda

Isroil qurollar yetkazib berishni tezlashtirish uchun AQShga yashirincha bosim o‘tkazmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Politico xabar berdi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning delegasiyasi AQSh Kongressiga zarur bo‘lgan qurol turlari ro‘yxatini taqdim etgan.

“Isroil o‘ziga zarur bo‘lgan qurol-yarog‘ yetkazib berishni ma’qullash uchun AQSh prezidenti ma’muriyati va qonun chiqaruvchilarga maxfiy ravishda bosim o‘tkazmoqda”, deyiladi xabarda.

Shu tariqa yahudiy davlati noyabr oyida AQShda bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidan o‘z zaxiralarini ko‘paytirishga harakat qilmoqda. Manba, shuningdek, qurol-yarog‘ zaxiralarini ko‘paytirishning yana bir sababi Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida ochiq qarama-qarshilik ehtimoli ekanini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!