Islom taraqqiyot banki "Rog‘un" GESi qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha 550 million dollarlik loyihani ma’qulladi

Islom taraqqiyot banki "Rog‘un" GESi qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha 550 million dollarlik loyihani ma’qulladi

Islom taraqqiyot banki (ITB) "Rog‘un" GESi qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha 550 million dollarlik loyihani ma’qulladi. Bu haqda "Asia-Plus" nashri xabar berdi.


Shundan 150 million dollar ITB tomonidan, qolgan 400 million dollar arab taraqqiyot fondlari tomonidan ajratiladi.

Ayni paytgacha ITB Tojikistonda 916 million dollar qiymatidagi qator loyihalarda ishtirok etgan. Bundan tashqari bank tomonidan energetika, transport, irrigasiya, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida 237 million dollarlik 7 ta investisiya loyihasi moliyalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, "Rog‘un" GESi qurib bitkazilsa Markaziy Osiyodagi eng yirik GESga aylanadi. Stansiya to‘liq ishga tushirilganidan so‘ng, uning yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 13-17 milliard kilovatt/soatni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!