Iroq terrorizmning barcha shakllaridan tozalanishi kerak – Erdo‘g‘an

Iroq terrorizmning barcha shakllaridan tozalanishi kerak – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Bag‘dodga tashrifi chog‘ida Iroq terrorizmning barcha shakllaridan tozalanishi kerakligini aytdi.

«Prezident Tayyip Erdo‘g‘an Bag‘dodda Iroq Prezidenti Abdul Latif Rashid bilan uchrashdi», dedi Turkiya rahbarining idorasi "Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari, mintaqaviy va global muammolar va terrorizmga qarshi kurash muhokama qilindi Prezident Erdo‘g‘on uchrashuvda Turkiya PKK terror tashkilotiga qarshi kurash kontekstida Iroqdan umid bog‘laganini va Iroq terrorizmning barcha shakllaridan tozalanishi kerakligini aytdi”.

Erdo‘g‘an, shuningdek, Iroq barqarorligi manfaati uchun markaziy hokimiyat va kurd muxtoriyati rahbariyati o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlanishi zarurligini ta’kidladi.

Anqara va Bag‘dod o‘rtasidagi munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlash uchun ikki davlat tomonidan qo‘yiladigan qadamlar «mintaqaviy taraqqiyot va farovonlikka hissa qo‘shadi», dedi u.

Erdo‘g‘an 12 yil ichida ilk rasmiy tashrifi bilan Bag‘dodga keldi. Tomonlar xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, savdo, suv resurslarini taqsimlash, neftni tashish kabi 20 dan ortiq shartnoma va memorandumlarni imzolash niyatida. Turkiyaning Iroq shimolida PKKga qarshi ehtimoliy harbiy operasiyasi istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi. Bag‘doddan so‘ng Erdo‘g‘on Iroq Kurdistonining markazi bo‘lgan Erbilga tashrif buyurish niyatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!