“Intizomiy jazosi bor xodimga 8 mart bayrami uchun mukofot bersa bo‘ladimi?

“Intizomiy jazosi bor xodimga 8 mart bayrami uchun mukofot bersa bo‘ladimi?

❌ Mehnat Kodeksining 299-moddasi 5-qismiga ko‘ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

Ushbu kodeksning 315-moddasi 1-qismiga ko‘ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak.

MK 252-moddasi 3-qismida, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan rag‘batlantiruvchi mukofot bir marta beriladigan xususiyatga ega bo‘lgan hamda ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishganligi uchun emas, balki muayyan voqealar (yubileylar, bayram sanalari va boshqalar) yuz berganligi yoki xodim tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilganligi (ish beruvchining alohida muhim topshirig‘ini bajarish, rasionalizatorlik taklifini kiritish va boshqalar) munosabati bilan to‘lanadigan pul mukofotidir.

❌ Demak, bayram sanalari bilan beriladigan mukofotlar mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydi va mehnat natijalariga asoslanmaydi. Shuning uchun ham, intizomiy jazo amal qilayotgan xodimga bayram mukofoti berilmaydi.

❗️Hurmatli ish beruvchilar hodimingizni bayram kunlari taqdirlamoqchi bo‘lsangiz, MK 315-moddasi 3-qismiga ko‘ra, intizomiy jazoni istalgan vaqtda olib tashlashga haqli ekanligingizni eslatib o‘tamiz!

Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!