Ilon Mask sun’iy intellekt o‘rnatilgan Apple mahsulotlarini taqiqlash bilan po‘pisa qildi

Ilon Mask sun’iy intellekt o‘rnatilgan Apple mahsulotlarini taqiqlash bilan po‘pisa qildi

Apple sun’iy ong o‘rnatilgan iOS18 ni taqdim etdi. U yangi Iphone, Ipad va Mac uchun mo‘ljallangan.

Neyrotarmoq fotosuratlarni topish, ularni tahrirlash, odamlarni qirqib tashlash imkoniga ega.

Shuningdek, SO sizning xabarlaringizni o‘qib ularning qisqacha mazmunini aytib berish, javob yozishni ham biladi.

Apple Intelligence OpenAI kompaniyasining ChatGPT sun’iy ongi asosida yaratilgan. Aynan shu holat Maskning jahlini chiqardi.

“Apple o‘z sun’iy ongini yaratishga aqli yetmaydi, lekin OpenAI sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlashiga ishonadi. Aslida Apple sizning ma’lumotlarningiz bilan nima bo‘layotganini tasavvur ham qila olmaydi... Bu shpionlik dasturini darhol to‘xtating aks holda barcha Apple qurilmalari mening kompaniyalarimda ta’qiqlanadi”, - deb izoh bergan biznesmen.

Gap shundaki, Ilon Mask oldin OpenAI kompanyasi asoschilaridan biri bo‘lgan, lekin keyinchalik ular bilan aloqalarni uzgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!