Hokimiyat vakilining qonuniy talabini bajarmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Hokimiyat vakilining qonuniy talabini bajarmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Hokimiyat vakili bu - davlatning biron-bir hokimiyat organining nomidan ish ko‘rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o‘z vakolatlari doirasida ko‘pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs.

Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilish ma’muriy javobgarlikka ya’ni, fuqarolarga 111 500 so‘mdan 223 000 so‘mgacha, mansabdor shaxslarga 223 000 so‘mdan 446 000 so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu huquqbuzarlikni takror sodir etganlik, fuqarolarga 223 000 so‘mdan 669 000 so‘mgacha, mansabdor shaxslarga 669 000 so‘mdan  1 115 000 so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!