Hindistonning eng ko‘p aholiga ega shtati sudi madrasalarni taqiqladi

Hindistonning eng ko‘p aholiga ega shtati sudi madrasalarni taqiqladi

Hindistonning eng ko‘p aholiga ega Uttar-Pradesh shtati sudi islomiy maktablarni amalda taqiqladi.

Sud qarori Uttar-Pradeshdagi madrasalar maqomini tartibga soluvchi 2004 yilda qabul qilingan qonunni Hindistonning konstitusiyaviy dunyoviyligini buzgani sababli bekor qildi. Sud, shuningdek, shtatdagi islomiy maktablarning barcha o‘quvchilarini oddiy umumta’lim maktablariga o‘tkazishni talab qildi, deb yozadi Yahoo!News.

Allohobod Oliy sudining qarori 25 ming madrasadagi 2,7 million talaba va o‘n minglab o‘qituvchilarga taalluqlidir, dedi Uttar-Pradesh madrasasi boshqaruvi raisi Iftixor Ahmad Javed.

Aytish joizki, Uttar-Pradesh shtatida istiqomat qiluvchi 240 million aholining beshdan bir qismi musulmonlardir.

"Hokimiyat 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning rasman tan olingan muassasalarga kirishdan chetda qolmasligini ta’minlashi kerak", deb yozgan sudyalar Subhash Vidyarthi va Vivek Chaudxari o‘z qarorida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!