Hindistonning eng boy oilasi merosxo‘ri to‘yiga kelgan mehmonlarga 250 ming dollarlik soat sovg‘a qildi

Hindistonning eng boy oilasi merosxo‘ri to‘yiga kelgan mehmonlarga 250 ming dollarlik soat sovg‘a qildi

Eng badavlat hindistonlik oila vorisi Anant Ambani to‘y marosimining nufuzli mehmonlariga qimmatbaho soatlar sovg‘a qildi. Bu haqda News18 portaliga tayanib “Oxu.az” xabar bermoqda.

Osiyodagi eng badavlat tadbirkorning o‘g‘li Anant Ambani va milliarderning qizi Radika Merchantning to‘yi 12—14 iyul kunlari kuyovning uyida, Mumbayda joylashgan 27 qavatli saroyida hamda Jio World Family Convention Center’da bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mukesh Ambani kuyovjo‘ralarga, kelinning dugonalariga hamda boshqa hurmatli mehmonlarga Audemars Piguet brendiga tegishli 250 000 dollarlik cheklangan kolleksiyadagi qo‘l soatlarini sovg‘a qilgan. Ular orasida taniqli aktyor Shohrux Xon ham bor. Aksessuar korpusi 18 karatli pushti tilla bilan bezatilgan bo‘lib, orqa tomoni sapfirdan yasalgan.

Shuningdek, qo‘l soatida Manufacture Calibre 5134 tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, u cheksiz kalendarga: sana, haftaning kuni, yil, oy, soat va daqiqalarni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarga ega. Shveysariya brendiga tegishli soat 18 karatli va pushti rangli oltin bilaguzuk hamda ko‘k alligator terisidan yasalgan qo‘shimcha kamar bilan jihozlangan.

Avvalroq Anant Ambani to‘yiga 600 million dollardan ko‘proq xarajat sarflangani ma’lum bo‘lgan edi. To‘y marosimi uch kun davomida Mumbayda bo‘lib o‘tdi.

Anant Ambani va Radika Merchant nikohi yil to‘yi deb nomlandi. Mart oyida bo‘lajak er-xotin to‘yi marosimiga tayyorgarlik bayramlari Hindistonning eng go‘zal hududlaridan biri — Udaypurda nishonlandi. Bayram uch kun davom etdi va besh yulduzli Oberoi Udaivilas mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!