Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 600 000 kishidan oshdi

Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 600 000 kishidan oshdi

Hindistonda 2 iyul kuni koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 606 907 kishiga yetdi. Qurbonlarning soni esa 17 860 nafar. 360 378 kishi COVID-19 dan sog‘aygan bo‘lib, ayni paytda 227 476 kishi shifoxonalarda davolanmoqda. Hindiston hozirda koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turibdi.

Virusga chalinganlarning ortib borishi Hindiston tibbiyot tizimiga jiddiy qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda. Hukamat esa koronavirus tarqalishining oldini olish bilan birgalikda iqtisodiyotni tiklash uchun cheklovlarni yengillashtirish ishlarini ham olib bormoqda.

29 iyun kuni cheklovlarni kamaytirishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, ko‘plab iqtisodiy faoliyat turlariga ruxsat berildi. Ammo, virus tarqalgan va aholi zich joylashgan hududlar hamon karantinda qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!