Halol standarti bo‘yicha O‘zbekistonda ilk mehmonxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Halol standarti bo‘yicha O‘zbekistonda ilk mehmonxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Samarqandda Sahid Imam Al-Bukhari mehmonxonasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Davlat turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Indoneziyaning Sahid Group kompaniyasi prezidenti Hariyadi Sukamdani va kompaniyaning boshqaruvchi direktori Viva Herlambang Imom al-Buxoriy majmuasida hududida SAG kompaniyasi bilan hamkorlikda mehmonxona qurilishiga start berishdi.

Bu jahon Halol standarti bo‘yicha O‘zbekistonda ilk mehmonxona bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, birinchi bosqichda 100 xona tashkil etish, keyingi 5 yillikda xonalar sonini 300 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, mehmonlar SAHID boshqaruviga o‘tkaziladigan Samarqand shahridagi Sahid Royal Palace mehmonxonasi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Marosimdan so‘ng mehmonlar Imom al-Buxoriy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi bilan tanishib, Imom al-Buxoriy qabrini ziyorat qilishdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!