​Gunohlardan saqlanishning oson yo‘li

​Gunohlardan saqlanishning oson yo‘li

Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh aytadi:

Imom G‘azzoliy rahmatullohi alayh: Eng buyuk olim shuki, gunohlarning zararlari boshqalarga nisbatan unga ko‘proq oshkor bo‘ladi. Shu sababli, u gunohlardan ko‘proq saqlanadi deganlar.

Voqea: Bir kuni ziyofat stolida bir jarroh o‘tirgan edi. U yurak mutaxassisi edi. Uning faqat sabzavot yeyayotganini ko‘rdim. Oldida esa tovuq kabi bir necha narsalar bor. Uy egasi: Janob Doktor! Go‘shtdan olib yeng dedi. Juda majbur qilavergach, Doktor birozgina go‘sht oldi. Uy egasi: Yana oling , dedi. Shunda, Doktor: Men jarrohman va har kuni odamlarning yuragini operasiya qilaman va unda yig‘ilib qolgan yog‘larni ko‘raman. Shuning uchun, go‘sht ichga kirib nimalar qilishi menga yaxshi ma’lum. Men yegim kelsa ham tabiatim tortmaydi , dedi. O‘sha kuni, bu bandaga tafsilot ko‘proq oshkor bo‘lganligi sababli, unga yog‘dan saqlanishlik hech qanday qiyin ish emasligi xayolimga keldi.

Xuddi shunday, olimga gunohlarning zararlari ko‘proq oshkor bo‘lganida, unga gunohlardan saqlanishlik hecham qiyin ish bo‘lmaydi. Balki, oson bo‘ladi. Uning qalbida, qiyomat kuni sharmanda bo‘lib qolmayin degan qo‘rquv bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!