Gulistondagi tug‘uruqxonada chiroq o‘chdi, bolalar kislorodsiz qoldi

Gulistondagi tug‘uruqxonada chiroq o‘chdi, bolalar kislorodsiz qoldi

Guliston shahrida aholi yoz kunlari ham chiroq o‘chishidan norozi bo‘lishmoqda. Ayniqsa, bu holat tug‘uruqxonalarda, shifoxonalarda ham davom etmoqda.

"Zed News" telegram kanaliga ko‘ra, Sirdaryo viloyat tug‘uruqxonasida (suratda) 1 soatga elektr uzib qo‘yilgan. Bemorlar, homilador ayollar viloyat elektr tarmoqlariga sim qoqishsa, endi har kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha chiroq o‘chirilishini aytishgan.

"Onam tug‘uruqxonada. Bugun chiroq o‘chib qolganda bolalarning kislorodlari ham o‘chib qolgan. Dodimizni kimga aytishni bilmaymiz", deb yozadi murojaatchi.

Ha, viloyatlarda, shaharlarda chiroq o‘chishi odatiy holga aylangan, ko‘nikib ketganmiz. Lekin shifoxonayu tug‘uruqxonalar elektrsiz qolsa, 28 yillik mustaqillik ham ko‘zga ko‘rinmay ketadi.

Murojaatchining alohida ta’kidlashicha, Gulistonda chiroq o‘chish muammosi oldin bo‘lmagan. Balki Jizzaxda qurilayotgan AESga tayyorgarlikdir bu.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!