Gresiya Milliy xavfsizlik kengashi Yaqin Sharq bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

Gresiya Milliy xavfsizlik kengashi Yaqin Sharq bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

Gresiya hukumati Milliy xavfsizlik kengashi bugun tushdan keyin favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, Eronning Isroilga hujumidan keyin Yaqin Sharqdagi voqealarni muhokama qiladi. Bu haqda ERT telekanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, kengash yig‘ilishi soat 18:00 da bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan milliy mudofaa vaziri Nikos Dendias AQShga safarini to‘xtatib, zudlik bilan Gresiyaga qaytib keldi.

«Biz takrorlanuvchi inqirozlar zonasida turibmiz, men hukumat Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Afinaga qaytishim kerak», — deya vazirning so‘zlarini keltiradi telekanal.

Proto Thema gazetasi ta’kidlaganidek, Dendias Nyu-Yorkda kun davomida bo‘lib o‘tadigan Yunoniston inqilobi (1821-1829) yilligi sharafiga yunon diasporasi paradiga bormaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!