Gorilla Glass 6 ilk bor OPPO smartfonida qo‘llanyapti, taqdimot keyingi haftada!

Gorilla Glass 6 ilk bor OPPO smartfonida qo‘llanyapti, taqdimot keyingi haftada!

O‘zining avvalgi «ajdod»idan ikki karra mustahkam Gorilla Glass 6 himoya shishasi o‘tgan oyda namoyish qilingan edi. Corning Incorporated kompaniyasining xabar berishicha, displeyi ushbu shisha bilan himoyalangan ilk smartfonni OPPO taqdim etadi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, Gorilla Glass 6 himoya shishasi OPPO’ning navbatdagi flagman smartfonida qo‘llanadi. Taqdimoti keyingi haftadayoq bo‘lib o‘tadigan mazkur qurilma OPPO R17 yoki F9 modeli bo‘lishi mumkin, deyishmoqda kuzatuvchilar.

«Biz himoyada Gorilla Glass 6 qo‘llayotgan ilk kompaniya ekanimizdan mamnunmiz. Ishonamizki, butun dunyo bo‘ylab iste’molchilar mislsiz tajribani munosib baholashadi», deya ta’kidlashdi OPPO vakillari.

Ta’kidlash joizki, OPPO kompaniyasi dunyoning yetakchi smartfonsozlari ro‘yxatida beshinchi o‘rinda turadi. Joriy yilning o‘tgan choragida u 29,4 millionta smartfon sotib, bu borada jahon bozorining 8,6 foizini egallagan.

Manba: terabayt. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!