Germaniyaning Nyurnberg shahrida Putinning harbiy jinoyatlari bo‘yicha jamoatchilik tinglovi boshlandi

Germaniyaning Nyurnberg shahrida Putinning harbiy jinoyatlari bo‘yicha jamoatchilik tinglovi boshlandi

Germaniyaning Nyurnberg shahrida Putinning harbiy jinoyatlari bo‘yicha jamoatchilik tinglovi boshlandi.

Tinglovlarda Rossiya armiyasining Ukrainadagi tinch aholiga qarshi jinoyatlari, ukrainalik bolalarni o‘g‘irlash holatlari ko‘rib chiqiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, nemis rasmiylari Rossiya harbiy jinoyatlari haqida 500 dan ortiq dalillar to‘plagan va 160 dan ortiq guvohlarni so‘roq qilgan.

Tinglovlar boshlangani haqida harbiy jurnalist Andrey Sapliyenko ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, tinglovlar nasist jinoyatchilar sudlangan zalda bo‘lib o‘tmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hali sud emas, balki uning "muqaddima"sidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!