Germaniyaning Brandenburg federal yeri saylov komissiyasi Shols partiyasining mahalliy parlament (Landtag) uchun saylovdagi g‘alabasini tasdiqladi

Germaniyaning Brandenburg federal yeri saylov komissiyasi Shols partiyasining mahalliy parlament (Landtag) uchun saylovdagi g‘alabasini tasdiqladi

Germaniyaning Brandenburg federal yeri saylov komissiyasi Shols partiyasining mahalliy parlament (Landtag) uchun saylovdagi g‘alabasini tasdiqladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya sosial-demokratik partiyasi 30,9% ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi, "Germaniya uchun muqobil” partiyasi esa 29,2% ovoz bilan ikkinchi o‘rinda qoldi.

Brandenburg saylov komissiyasining bildirishicha, uchinchi o‘rinni + so‘l millatchi partiya – “Sara Vagenknext ittifoqi” partiyasi egalladi, unga saylovchilarning 13,5 foizi ovoz berdi.

Xristian-demokratik ittifoq 12,1 foiz bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Qolgan partiyalar besh foizlik chegaradan o‘ta olmadi va Brandenburg parlamentiga kirmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!