Germaniya Makronni qo‘llab-quvvatlamaydi

Germaniya Makronni qo‘llab-quvvatlamaydi

Germaniya hukumati Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga instruktorlarni birgalikda yuborish uchun Yevropa Ittifoqida koalisiya tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Bu haqda Welt am Sonntag gazetasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan hafta Fransiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Terri Burkxardt AQSh va Yevropaning o‘nga yaqin davlatiga, jumladan Buyuk Britaniya, Polsha, Niderlandiya, Boltiqbo‘yining uchta davlati, Daniya va Shvesiya hukumatlarini ko‘pmillatli "ko‘ngllilar koalisiyasi" tarkibida Ukrainadagi o‘quv missiyalarida ishtirok etishga taklif qilgan.

Shu bilan birga, Parij Germaniya hukumatini e’tibordan chetda qoldirgan: taklifnoma Germaniya Mudofaa vazirligiga yuborilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!