G‘arb Rossiyadan qo‘rqib, Ukrainaga qo‘shin yubormayapti

G‘arb Rossiyadan qo‘rqib, Ukrainaga qo‘shin yubormayapti

G‘arb davlatlari Rossiya bilan keng ko‘lamli mojarodan qo‘rqib, Ukrainaga qo‘shin yubormayapti. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "HugoDécrypte" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Ular Ukrainaga qurolli kuchlari, havo kuchlari yoki boshqa narsalar bilan yordam bermayapti, chunki ular Rossiya bilan urush boshlanishidan qo‘rqishadi, bu ularning Rossiyadan qo‘rqishidan dalolat beradi", — dedi u.

Zelenskiy hozirgi vaziyatni sinizm deb atadi, chunki ma’lum bo‘lishicha, AQSh Isroilga yordam paketini ma’qullagan holda Eron bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan urushdan qo‘rqmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!