G‘arb ommaviy axborot vositalari Saudiya Arabistonidagi faol ayollarni hibsga olinishiga e’tibor beramayotir

G‘arb ommaviy axborot vositalari Saudiya Arabistonidagi faol ayollarni hibsga olinishiga e’tibor beramayotir

Ko‘pgina G‘arb ommaviy axborot vositalari Saudiya Arabistonidagi faol ayollarni noqonuniy hibsga olinishi va ularni qiynoqqa solinishiga ko‘z yummoqdalar. Bu xaqda Sara Azizining, The Washington Post gazetasida chop etilgan "Saudiya Arabistoni ayol islohotchilarga nisbatan achinish nimaligini bilishmaydi" sarlavhali maqolasida aytilgan. Bu xaqda Anadolu xabar bermoqda.

Saudiya Arabistonidagi xotin-qizlar huquqlari uchun kurashayotgan faol ayollar uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etilmoqda, deyiladi maqolada.
Materialda qayd etilishicha, Qoshiqchining o‘ldirilishi, shahzoda Salmonning Saudiya Arabistoni ustidan madaniyatli tarzda boshqarish qobiliyati borligi shubha uyg‘otishga majbur qilgan. 

"Jamol Qoshiqchining shafqatsiz o‘ldirilishi bizning ko‘zlarimizni ochdi va shahzoda Salmon tomonidan mamlakatni boshqarish usullarini namoyish etdi. Bu jinoyat faqat valiahd shahzodaning shafqatsiz despotizmining namoyish bo‘lgan kichik lavhasidir ", deb yozadi Sara Aziza.

Maqola muallifining fikricha, jahon hamjamiyati Saudiya Arabistondagi inson huquqlari buzilishi uchun Muhammad bin Salmonni allaqachon javobgarlikka tortishi kerak ekan.

"Mahkumlarning shafqatsiz qiynoqqa solingani haqidagi hisobotlar, jahon hamjamiyati, aybdorlarni javobgarlikka tortishda kechikkanini ko‘rsatadi. Ayni paytga qadar valiahd shahzoda o‘zining jazosiz qolayotganiga ishonishda davom etar ekan, kelajakda Saudiya Arabistoni va Yamanda yanada ko‘proqqon to‘kilishini kutishimiz kerak", deb yozadi Sara Aziza.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!