G7 hali Rossiya aktivlaridan Ukraina foydasiga foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan

G7 hali Rossiya aktivlaridan Ukraina foydasiga foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan

AQSh moliya vaziri Janet Yellen G7 davlatlari, jumladan, Yaponiya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan umumiy ma’noda ham foydalanish konsepsiyasi bo‘yicha haligacha kelishmaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro tugaganidan so‘ng, Moskva yetkazilgan zarar uchun Kiyevga tovon puli to‘lamaguncha aktivlar bir necha yil blokda qolishi mumkin.

«Aktivlardan foydalanish bo‘yicha taklifning tafsilotlari hali aniqlanmagan. Biz umumiy kontsepsiya bo‘yicha kelishuvni kutyapmiz va agar bunga erishsak, keyingi bir necha haftani Pugliada bo‘lib o‘tadigan G7 sammiti oldidan tafsilotlarni muhokama qilish uchun o‘tkazamiz», dedi Yellen matbuot anjumanida.

Ukraina hududida harbiy operasiya boshlanganidan keyin Yevropa Ittifoqi, AQSH, Kanada va Yaponiya Rossiya bankining taxminan 280 milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Shundan 5 milliard dollarga yaqini AQShga to‘g‘ri keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!