Fyodor Yemelyanenkoning raqibi jang borasida nima dedi?

Fyodor Yemelyanenkoning raqibi jang borasida nima dedi?

AQShlik Kuinton Jekson 29-dekabr kuni Saitama (Yaponiya) shahrida tashkil etiladigan “Bellator” turnirida rossiyalik Fedor Yemelyanenko bilan bo‘ladigan jang borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bilasizmi yoki yo‘qmi, bilmayman, lekin Fyodor har doim eng sevimli jangchim bo‘lib kelgan. Shuning uchun, bu taklif men uchun g‘ayrioddiy edi.
Ammo jang, men uchun sevimli bo‘lgan mamlakat Yaponiyada bo‘lib o‘tishi sababli, har kim bilan jang qilishga tayyorman”
, - dedi Jekson.

Jekson hisobida 38 ta g‘alaba va 13 mag‘lubiyat bor. Jekson oxirgi jangini o‘tgan yili sentyabr oyida Vanderley Silvaga qarshi o‘tkazib, uni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!