FSB Krokusga qilingan hujum ishi bo‘yicha uchta yangi ayblanuvchining hibsga olinganini e’lon qildi

FSB Krokusga qilingan hujum ishi bo‘yicha uchta yangi ayblanuvchining hibsga olinganini e’lon qildi

Moskva, Yekaterinburg va Omskda Krokus Siti Xolldagi teraktga aloqadorlikda ayblangan uch nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Rossiya agentliklari FSB xabariga tayanib.

Razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan uch kishi konsert zaliga hujum uyushtirganlar uchun qurol-yarog‘ va avtomobil sotib olishni moliyalashtirgan.

Rossiya fuqarosi va ikki chet el fuqarosi qo‘lga olindi - «2024 yil 22 mart kuni Krokus Siti Xoll majmuasida sodir etilgan teraktga aloqador barcha Markaziy Osiyo mintaqasidan kelgan muhojirlar», — deyiladi FSB jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabarida.

Avvalroq terakt bo‘yicha ishda 10 nafar ayblanuvchi bor edi. Ularning barchasi hibsga olinib, tergov izolyatoriga joylashtirildi.

«Qo‘lga olinganlarning ikkitasi o‘qotar qurol va teraktda qo‘llanilgan transport vositalarini sotib olish uchun pul o‘tkazgan, uchinchisi teraktning sheriklarini yollash va uning ijrochilarini moliyalashtirishda bevosita ishtirok etgan», deyiladi FSBning uch yangi gumonlanuvchi haqidagi press-relizida.

Krokusga qilingan hujumdan bir kun o‘tib FSB direktori Aleksandr Bortnikov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga 11 gumonlanuvchi, jumladan, konsert zaliga hujumda bevosita ishtirok etgan deb taxmin qilingan to‘rt nafar shaxs hibsga olingani haqida xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!