Fransiyaliklarning chorak qismi hojatxonaga kirgandan keyin qo‘lini yuvmaydi

Fransiyaliklarning chorak qismi hojatxonaga kirgandan keyin qo‘lini yuvmaydi

Fransiyada koronavirus epidemiyasiga qarshi shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishga chaqiriqlar yanglayotgan bir payda aholining gigiyena bilan qanchalik oshno ekani kun tartibiga chiqdi. 

“Evronyus” xabariga ko‘ra, Ifop markazi aholining shaxsiy gigiyena qoidalariga qanchalik amal qilinishi aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi, natijalar aslo maqtagulik emas. 

Ma’lum bo‘lishicha, fransiyalik erkaklarning 25 foizi, ayollarning esa 20 foizi har kuni dush olmaydi. Erkaklarning 5 foizi, ayollarning 4 foizi haftada atigi bir marta yuvinadi.  

Fransuzlarning kamida 25 foizi hojatxonaga kirib chiqqandan keyin qo‘lini yuvmas ekan, ovqatlanishdan oldin qo‘l yuvadiganlar esa 49 foizni tashkil etadi. 

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!