Fransiyada yana bir aviatashuvchi paydo bo‘ladi

Fransiyada yana bir aviatashuvchi paydo bo‘ladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma’lum qilishicha, 2021 yilga qadar Fransiya hukumati mamlakatga ikkinchi aviatashuvchi kerakligi borasida bir qarorga keladi. Bu haqda"Kun" nashri yozmoqda.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi «Sharl de Goll»ni almashtirishi kerak bo‘lgan aviatashuvchi Fransiya harbiy-dengiz kuchlarida 2040 yilgacha, uning xizmat muddati tugagunga qadar paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, prezidentning qayd etishicha, ikkinchi aviatashuvchi 2021 yilgacha foydalanishga topshirilmaydi.

«Qurilishi uchun byudjet 5 mlrd yevrodan 7 mlrd yevrogacha bo‘ladigan ikkinchi aviatashuvchini yaratish 2021 yildan avval boshlanmaydi. Bu nazarda tutilmayapti», - deya ta’kidlab o‘tdi Makron. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!