Fransiyada o‘qituvchi bilan bog‘liq qotillik ishi bo‘yicha yetti kishi sud qilinadi

Fransiyada o‘qituvchi bilan bog‘liq qotillik ishi bo‘yicha yetti kishi sud qilinadi

Fransiyada radikal islomchi tomonidan o‘qituvchi Samyuel Patining o‘ldirilishi bo‘yicha dastlabki sud majlisida tergov doirasida hibsga olingan yetti kishiga qarshi ayblov e’lon qilinishi mumkin.

Bu haqda “France-Presse” o‘zining suddagi manbalariga asoslanib xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, ular orasida terrorchiga pul evaziga o‘qituvchi haqida ma’lumot berganlikda gumon qilinayotgan ikki nafar voyaga yetmaganlar,  Patini faol ravishda tanqid qilgan radikalning otasi, islomiy faol Abdulhakim Sefriui va qurol sotib olayotganda unga hamroh bo‘lgan hujumchining uch o‘rtog‘i bor.

“Terroristik hujumda hibsga olinganlarning qolgan qismi ozod qilingan”, deb yozadi agentlik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!