Farg‘onadagi choyxonalarning birida jinoyat sodir bo‘ldi

Farg‘onadagi choyxonalarning birida jinoyat sodir bo‘ldi

22 iyun kuni M.N. IIBga murojaat qilib, unda 21 iyun kuni noma’lum shaxs Muruvvat ko‘chasida joylashgan choyxonadagi stol ustida qarovsiz qoldirgan narxi 1.000.000 so‘mlik “Redmi 6” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlaganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.D. sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!