INMerge 2024: Sanoat yetakchilarini mintaqada texnologik taraqqiyotni ilgarilatish uchun birlashtiruvchi Innovasion Sammit

INMerge 2024: Sanoat yetakchilarini mintaqada texnologik taraqqiyotni ilgarilatish uchun birlashtiruvchi Innovasion Sammit

"INMerge" innovasion sammit, PASHA Holding tomonidan tashkil etilgan, 2024 yil 10-11 oktyabr kunlari Boku Kongress markazida bo‘lib o‘tadi. Tadbirning asosiy maqsadi — innovasion ekotizimning muhim ishtirokchilarini, jumladan startaplar, investorlar va turli sohalarning yetakchilarini bir maydonga to‘plash, yangi g‘oyalarni muhokama qilish, hamkorlikni kuchaytirish va mintaqada texnologiyalarni rivojlantirishni tezlashtirish. Sammit iqtisodiy o‘sish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan fikr almashish uchun muhom platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Sammit dasturida dunyoning yetakchi ekspertlari va inovatorlari ishtirok etadi. Asosiy spikerlar qatorida YouTube asoschilaridan biri Stev Chenni qayd etish mumkin. Uning ishtiroki raqamli texnologiyalar va ularning zamonaviy biznesga ta’siri haqida muhokamalarning dolzarbligini ta’kidlaydi. Shuningdek, Amazon kompaniyasining vitse-prezidenti va bosh texnologik direktori Verner Vogels hamda Avito sobiq bosh direktori Vladimir Pravdiviy o‘zlarining elektron tijorat va biznesga innovasion yechimlarni tatbiq etish tajribasi bilan o‘rtoqlashadilar.

INMerge 2024: Sanoat yetakchilarini mintaqada texnologik taraqqiyotni ilgarilatish uchun birlashtiruvchi Innovasion Sammit

Bundan tashqari, sammitda taniqli akademik ekspertlar ham ishtirok etadi. Garvard biznes maktabi professori Linda Xill va Stenford universiteti professori Ilya Strebulaev innovasionlar iqtisodiyoti va rahbarlik bo‘yicha o‘z nuqtai nazarlarini taqdim etishadi. Vodafone va PASHA Holding kabi yirik kompaniyalar rahbarlari esa innovasion ekotizimni rivojlantirish va startaplarni qo‘llab-quvvatlash strategiyalarini muhokama qilishadi.

Sammitda muhokama qilinadigan asosiy mavzular qatoriga fintech, raqamli transformatsiya, elektron tijorat, telekommunikatsiyalar va biznesdagi yangi yondashuvlar kiradi. Ishtirokchilar bu sohalardagi eng so‘nggi tendensiyalar bilan tanishishlari va o‘z tashkilotlarini tez o‘zgarayotgan bozor sharoitlarida raqobatbardosh saqlashga yordam beradigan strategiyalarni muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi.

INMerge 2024: Sanoat yetakchilarini mintaqada texnologik taraqqiyotni ilgarilatish uchun birlashtiruvchi Innovasion Sammit

"INMerge" sammit, shuningdek, noyob aloqa o‘rnatish va biznes hamkorliklari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ishtirokchilar sanoat yetakchilari bilan uchrashib, o‘z tajribalari bilan bo‘lishishlari va kelajakdagi hamkorliklar uchun potensial sheriklarni topishlari mumkin. Ushbu tadbir mintaqada yangi biznes hamkorliklarni yaratash va innovasion madaniyatni mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Sammitda ishtirok etishni xohlaganlar tadbirning rasmiy veb-saytidan chiptalarni xarid qilishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!