Farg‘ona vodiysiga yo‘l olgan samolyotlar majburan Toshkentga qo‘ndirilmoqda. Nega? (foto)

Farg‘ona vodiysiga yo‘l olgan samolyotlar majburan Toshkentga qo‘ndirilmoqda. Nega? (foto)

Farg‘ona vodiysi shaharlari— Namangan, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon va boshqa hududlarni quyuq tuman qamrab oldi. Bu haqda «Nuz.uz» xabar bermoqda.

Yo‘llarda ko‘rish holati juda yomonlashgan bo‘lib, haydovchilar hatto tumanga qarshi faralar ham qutqarmayotganidan nolimoqda.

«Qo‘qonda dahshat darajada tuman! Farg‘ona viloyatiga yo‘l olganlar, ehtiyot bo‘linglar», — deya ogohlantiradi «Exo Uzbekistana» Telegram-kanali foydalanuvchilaridan biri.

Tuman tufayli aeroportlarda ham muammolar yuzaga kelgan.

«HY-670 Novosibirsk — Namangan reysi bilan uchib kelgan samolyot kuchli tuman tufayli Toshkentga aeroportiga yo‘naltirilgan. Namangan aeroportidagi gorizontal ko‘rinish 0—15 metr atrofida saqlanib qolmoqda», — deyiladi «Novosti Tashkenskogo neba» Telegram-kanalidagi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!