Farg‘ona shahrida uch kishi is gazidan zaharlanishi yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Farg‘ona shahrida uch kishi is gazidan zaharlanishi yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona shahrida uch kishi (2 nafari harbiy xizmatchi) is gazidan zaharlanishi oqibatida halok bo‘lgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 yanvar kuni (soat 13:00) Farg‘ona shahar «Istiqlol» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ikki nafar fuqarolarni jasadlari hamda shu xonadonga mehmonga kelgan bir nafar fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy tez yordam ilmiy markazi, Farg‘ona filialiga olib borilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilganligiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!