Faqat erkaklarga hujum qiladigan mushuk Internet yulduziga aylandi

Faqat erkaklarga hujum qiladigan mushuk Internet yulduziga aylandi

Istanbulda yashovchi uysiz mushuk tajovuzkor tabiati va faqat erkaklarga qiladigan doimiy hujumlari bilan mashhurlikka erishdi.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, uy hayvoni ayol va bolalarga umuman hujum qilmaydi. Faqatgina erkaklarga tashlanadi.

O‘z vaqtini har doim bozorda o‘tkazadi. Mushukning erkaklarga qilgan hujumi esa bozordan uncha uzoq bo‘lmagan kichik do‘kon yaqinida o‘rnatilgan kameraga tushib qolgan.

Ushbu videorolik Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi va mashhur bo‘lib ketdi.

Aytgancha, erkaklarning hech qaysi biri jiddiy jarohat olishmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!