Facebook Livanga 2.1 million dollar hayriya qildi

A A A
Facebook Livanga 2.1 million dollar hayriya qildi

Facebook Bayrutdagi portlashdan keyin shaharni tiklash ishlari uchun bir necha million dollar mablag‘ ajratmoqda. Ushbu xayriya pullari Livandagi mahalliy kasalxonalar, tibbiy muassasalar va nodavlat tashkilotlariga beriladi.

“Bayrutda qayta tiklash ishlarini olib borayotgan tashkilotlar va alohida shaxslarni qo‘llab-quvvatlash uchun biz mahalliy shifoxonalar, tibbiyot muassasalari va nodavlat tashkilotlariga 2.1 dollarni xayriya qilyapmiz. Bu pullarning 1 millioni Facebook kompaniyasi xodimlarining xayriyasi sifatida yig‘ildi. Shuningdek, biz mahalliy kasalxonalar va hamkorlarimiz bilan qonni xayriya qilish bo‘yicha dasturimizni ishga tushirish bo‘yicha ish olib bomorqdamiz. Bu dasturimiz donorlarga o‘zlariga yaqin joyda joylashgan qon markazlarini topishga yordam beradi. Biz hozirgi qiyin vaziyatni yaxshilashga urinayotgan turli tashkilotlar bilan ishlashni davom ettiramiz” deydi "Facebook"ning O‘rta Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha ijrochi direktori Ramez Shehadi.

"Facebook"ning yana bir rahbarlaridan biri Sherli Sandberg o‘zining postida shunday dedi:

“Facebook" portlash asoratlaridan aziyat chekayotganlarga yordam berish uchun qo‘lidan kelgan ishlarni amalga oshirmoqda. Portlashdan ko‘p vaqt o‘tmasdan bizning xavfsizlikni tekshirish bo‘yicha dasturimiz ishga tushirildi. Bu dastur odamlarga qarindoshlari va do‘stlariga o‘zlarining sog‘liklari yaxshi ekanligi haqida xabar berib turishlarining imkonini yaratadi. Yuz minglab odamlar aniq ma]lumot olish va yordam so‘rash uchun bizning ushbu inqiroz bo‘yicha ochilgan sahifamizga kirishdi. Bizning jamoamiz yo‘qolganlarni qidirishda qatnashishdi va uysiz qolganlarga tunash uchun joylarni taklif qilishdi.”


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!