Evroparlament Kiyevga «Taurus» raketalari berishni qo‘llab-quvvatladi

Evroparlament Kiyevga «Taurus» raketalari berishni qo‘llab-quvvatladi

Evroparlament uzoq masofaga uchuvchi Taurus raketalarini Kiyevga topshirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda «Germaniya xristian-demokratik ittifoqi» va «Bavariya xristian-ijtimoiy ittifoqi» guruhlari rahbari Daniyel Kaspari ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning Yevroparlamentdagi hukmron koalisiyasining aksariyati tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan. Shu tariqa, 451 deputat raketalarni Ukrainaga topshirishni yoqlab, 46 nafari qarshi ovoz berdi, yana 49 nafari ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortdi.

Mart oyi boshida Britaniya Germaniyadan «Taurus» raketalarini Ukrainaga topshirishni so‘ragani ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!