Evropada gaz narxi 1500 dollardan oshdi

A A A
Evropada gaz narxi 1500 dollardan oshdi

16 iyun, payshanba kungi savdolar chog‘ida Yevropada gaz narxi yana ko‘tarilib, har ming kub metr uchun 1500 dollardan oshdi. Buni ICE birjasi ma’lumotlari tasdiqlaydi.

Shunday qilib, Niderlandiyadagi TTF xabidagi iyul fyucherslari narxi 15,9 foizga oshib, bir megavatt-soat uchun 139,495 yevroni yoki ming kub metr uchun 1526 dollarni tashkil qildi.

Gazning narxi «Gazprom» ning «Shimoliy oqim» gaz quvuri orqali gazni haydash uchun zarur bo‘lgan gaz turbinali dvigatelining ishini to‘xtatib turish haqidagi so‘nggi bayonotlari fonida ko‘tarilmoqda. Natijada, 16 iyundan boshlab sutkalik quvvati 67 million kub metrgacha yetkaziladi.

Turbinalarni ta’mirlash bilan bog‘liq keyingi muammolar «Shimoliy oqim» ning yopilishiga olib kelishi mumkin, deb tan oldi Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi (EI) doimiy vakili Vladimir Chijov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!