Evropa o‘zining yadro quroliga ega bo‘lish haqida o‘ylashi kerak — Yevroparlament prezidenti o‘rinbosari

Evropa o‘zining yadro quroliga ega bo‘lish haqida o‘ylashi kerak — Yevroparlament prezidenti o‘rinbosari

Katarina Barli bu fikrni Tagesspiegel nashriga bergan intervyusida bildirdi.

Rasmiyning fikricha, Yevropa armiyasini shakllantirish jarayonida Ittifoqning o‘z yadro qurolini yaratish masalasi ham muhokama qilinishi mumkin.

Bo‘lajak Yevroparlament saylovlarida Germaniya sosial-demokratlaridan asosiy nomzod, shuningdek, Putinning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi va agar Qo‘shma Shtatlar Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom eta olmasa, Yevropa Ukrainaga harbiy yordamning asosiy yetkazib beruvchisiga aylanishga tayyorlanishi kerakligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!