Isroil Livan janubiga 100 dan ortiq zarba berdi

Isroil Livan janubiga 100 dan ortiq zarba berdi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 350 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah va Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 41 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Al-Qassam brigadalari Quvayt kasalxonasi hududida bosqinchilar karvoniga pistirma uyushtirishdi.

▪️G‘arbiy Sohilda nasistlar Falastin shaharlariga ommaviy hujumlar uyushtirmoqda. Jeninda Al-Aqsa brigadasi qo‘mondoni bilan birga 7 kishi shahid bo‘ldi. 12 kishi, jumladan, fashistlarning maktabga hujumi paytida maktab o‘quvchilari yaralangan. 30 dan ortiq odam hibsga olingan.

▪️Isroil bosqinchi kuchlari G‘arbiy Sohilidagi Kabatiya shahriga bostirib kirib, o‘ldirgan falastinlik yoshning jasadlarini bino tomidan uloqtirdi.

▪️Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant chorshanba kuni urushning yangi bosqichi boshlanganini va harbiy harakatlarni shimoliy frontga – Livan bilan chegaraga o‘tkazishni e’lon qildi.

▪️Bosqinchi ommaviy axborot vositalari: Isroil Livan janubiga 100 dan ortiq zarba berdi.

▪️Hizbulloh Jalila, Golan va bosib olingan Kfar Shuba tepaliklaridagi Isroil harbiy ob’ektlariga 17 marta hujum uyushtirdi. Isroil shimolida yong‘in davom etmoqda.

▪️Bosqinchi armiya Safad shahri, barcha shimoliy va markaziy Golan hamda butun Yuqori Jaliley aholisini evakuasiya qilishni yoki bomba boshpanalarida qolishni buyurdi.

▪️Fransiya prezidenti Isroilga Livan bilan urushdan qochish kerakligini aytdi.

▪️Ispaniya qiroli Falastinning mamlakatdagi birinchi elchisi Husni M.A. Abdulvahiddan ishonch yorlig‘ini qabul qilib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!