Evropa Ittifoqi ikkinchi qishni Rossiya gazisiz muvaffaqiyatli o‘tkazdi

Evropa Ittifoqi ikkinchi qishni Rossiya gazisiz muvaffaqiyatli o‘tkazdi



1 martga kelib, Yevropaning yer osti gaz omborlari hali ham juda yaxshi to‘ldirilgan holatda, gaz narxlari sezilarli darajada pasaygan, suyultirilgan gazni qabul qilish infratuzilmasi kengayishda davom etmoqda va yirik gaz eksport qiluvchi davlatlar yetkazib berish hajmi o‘sishini e’lon qilmoqdalar. Qish bu yil ham nisbatan iliq bo‘ldi.

Gas Infrastructure Europe portaliga ko‘ra, YEIning yer osti gaz omborlarini o‘rtacha to‘ldirish darajasi 63% ni tashkil qiladi. Vengriya, Slovakiya, Chexiya, Ispaniya va Portugaliya 70% dan yuqori zaxiralarga ega bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi.

"Ukraina o‘z tarixida birinchi marta qishdan faqat o‘zining gaz qazib olishi resurslari bilan omon qoldi", deb yozadi “Naftogaz” energetika kompaniyasi bosh direktori Aleksey Chernishov Facebook'da.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!