Evropa dori vositalari agentligi Omikronga qarshi yana bir vaksinani tasdiqladi

Evropa dori vositalari agentligi Omikronga qarshi yana bir vaksinani tasdiqladi

Evropa dori vositalari agentligining (EMA) Inson dori vositalari qo‘mitasi koronavirusning omikron variantining yangi va yuqumli shakllariga qarshi vaksinani tasdiqladi.

«Ushbu variant odamlarni COVID-19 dan himoya qilish uchun mavjud vaksinalar arsenalini yanada kengaytiradi, chunki pandemiya davom etmoqda va sovuq mavsumda infeksiyalarning yangi to‘lqini paydo bo‘lishi mumkin», - deyiladi EMA bayonotida.

Hujjatda tushuntirilishicha, Comirnaty Original/Omicron BA.4-5 vaksinasi kamida COVID-19 ga qarshi birinchi emlashni olgan 12 yoshdan oshgan odamlar uchun mo‘ljallangan.

Pfizer/BioNTech tomonidan ishlab chiqilgan «ikkivalentli» in’eksiya BA.4 va BA.5 ning o‘ta yuqumli variantlariga qaratilgan birinchi turdagi in’eksiyadir va 27 mamlakatdan iborat blokda tasdiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!