Eronda shifokorlar erkakning oshqozonidan 452 ta metall buyumni chiqarib oldi

Eronda shifokorlar erkakning oshqozonidan 452 ta metall buyumni chiqarib oldi

Eronda shifokorlar erkakning oshqozonidan umumiy og‘irligi uch kilogrammga yaqin 452 ta mayda metall buyumlarni olib tashladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

37 yoshli bemor qorin og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan shikoyat qilib kasalxonaga kelgan — u hatto suv ham icholmaydigan holatda edi. Erkakning oshqozonini rentgen qilgan shifokorlar unda metall to‘planganini ko‘rdi. Shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, oshqozondan qariyb uch kilogramm vint, gayka, murvat, mix va boshqa narsalar topildi.

Bir necha kundan keyin bemorga psixoz tashxisi qo‘yildi. Bu gallyusinasiyalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ruhiy buzilish kuchayganida buyumlarni erkakning o‘zi yutib yuborgan— u uch oy davomida metall “egan”.

Psixoz bosh jarohati, o‘smalar, ruhiy tushkunlik va giyohvandlik bilan rivojlanadi. Shifokorlar bemorning afyunga qaramligini aniqladi. Erkak davolanish uchun ruhiy kasalliklar bo‘limiga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!