Eron Tashqi ishlar vazirligi: Kaspiy dengizida uchinchi davlatlarning harbiy mavjudligi mintaqa manfaatlariga ziddir

Eron Tashqi ishlar vazirligi: Kaspiy dengizida uchinchi davlatlarning harbiy mavjudligi mintaqa manfaatlariga ziddir

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan uchinchi davlatlarning Kaspiy dengizida harbiy mavjudligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini mintaqa manfaatlariga zid deb atadi.

Bu haqda u Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan muzokaralar chog‘ida aytib o‘tdi.

“Amir Abdullohiyan uchinchi davlatlarning Kaspiy dengizida harbiy mavjudligini ta’minlash bo‘yicha harakatlarini mintaqa manfaatlariga zid deb atadi”, deyiladi Eron TIV telegram kanalida e’lon qilingan bayonotda.

Eron tashqi ishlar vazirligi rahbari, shuningdek, uchinchi Kaspiy iqtisodiy forumini Kaspiy beshligi davlatlari – Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Rossiya va Turkmaniston hukumat rahbarlari darajasida o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. Avvalgi forum 2022 yilning 5-6 oktyabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!