Eron Tashqi ishlar vazirligi: Isroil G‘azoda muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Eron Tashqi ishlar vazirligi: Isroil G‘azoda muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Isroil harbiy kabineti vazirlarining iste’foga chiqishi Isroil mudofaa kuchlarining G‘azo sektoridagi harbiy operasiyasi muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan dalolat beradi, deb ma’lum qildi Eron Tashqi ishlar vazirligi so‘zlovchisi Nosir Kanoniy, «Tasnim» agentligi.

Diplomatning aytishicha, bunday iste’folar ichki tanazzul va Isroilning mintaqadagi harbiy amaliyot maqsadlariga erisha olmasligidan dalolat beradi.

Kananining ta’kidlashicha, AQSh Isroilni doimiy ravishda qurollantirishda davom etar ekan, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini amalga oshirishdan tashvishlanmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!