Eron Rossiyani "Crocus City Hall" msjmuasidagi hujumdan oldin terrorchilik hujumi xavfi haqida ogohlantirgan — Reuters

 Eron Rossiyani "Crocus City Hall" msjmuasidagi hujumdan oldin terrorchilik hujumi xavfi haqida ogohlantirgan — Reuters

Agentlik bu haqda uchta manbaga tayanib yozmoqda.

"Teraktdan bir necha kun oldin Eron Moskvaga Rossiya hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik terakt haqida ma’lumot bergan. Bu ma’lumotlar mamlakatda avvalroq sodir bo‘lgan terroristik hujumlar bo‘yicha hibsga olinganlarni so‘roq qilish chog‘ida olingan", — dedi manbalardan biri.

19 yanvar kuni Eron hukumati ISHID terroristik guruhining "Viloyati Xuroson" bo‘limi qo‘mondoni hibsga olinganini e’lon qilgan edi. Eronda qo‘lga olingan terrorchilardan biri guruhning ba’zi a’zolari allaqachon Rossiyaga jo‘nab ketganini tan olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!