Eron qirg‘oqlarida 700 ming litrdan ortiq neft olib ketayotgan tanker qo‘lga olindi

Eron qirg‘oqlarida 700 ming litrdan ortiq neft olib ketayotgan tanker qo‘lga olindi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi harbiy-dengiz kuchlari Fors ko‘rfazida kontrabanda yo‘li bilan 700 ming litrdan ortiq neft olib ketayotgan tankerni qo‘lga oldi.

Bu haqda SEPAH axborotiga tayanib, “Tasnim” agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 26 iyul kuni Togo bayrog‘i ostida suzib yurgan “Pearl G” tankeri qo‘lga olingan.

Kema bortidagi to‘qqiz nafar ekipaj a’zosining barchasi Hindiston fuqarolari. Agentlikning qayd etishicha, tanker Dubayda yashovchi Iroq fuqarosiga tegishli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!