Eron kompaniyasi O‘zbekistonda tibbiy va diagnostika asbob-uskunalari hamda jihozlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihada qatnashishi mumkin

Eron kompaniyasi O‘zbekistonda tibbiy va diagnostika asbob-uskunalari hamda jihozlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihada qatnashishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning "Pooyandegan Rah Saadat" kompaniyasida bo‘ldi va boshqaruvi kengashi raisi Reza Yaqubzodeh bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Eron tomoniga mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida turli sohalarda, shu jumladan, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va tibbiyot sohalari hamda farmasevtika sanoatini rivojlantirish jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Reza Yaqubzodeh o‘z navbatida, tibbiy va diagnostika asbob-uskunalari hamda jihozlarni ishlab chiqarishda O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston diplomatlari korxonaga tashrif davomida tibbiy asbob-uskunalar, jihozlar va buyumlar ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘zdan kechirishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!