Eron boyitilgan uran zaxirasini 60 foiz qisqartirdi

Eron boyitilgan uran zaxirasini 60 foiz qisqartirdi

Reuters” agentligi MAGATE hisobotiga tayanib yozishicha, Eron boyitilgan uran zaxirasini 60 foiz kamaytirgan. E’tiborlisi, qariyb qurol sifati darajasigacha boyitilgan modda, nazariy jihatdan, atom bombasiga aylanish arafasida zararsizlantirilgan.

2 fevralda MAGATE bosh direktori Rafael Grossi Eron yuqori darajada boyitilgan uran ishlab chiqarishni keskin kamaytirganini ma’lum qilgandi. Agar 90 foizgacha boyitilsa, urandan yadro quroli yaratish maqsadida foydalansa bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!