Eron bir necha hafta ichida yadroviy qurol yaratishi mumkin

Eron bir necha hafta ichida yadroviy qurol yaratishi mumkin

Eron yadroviy qurol ishlab chiqarishga juda yaqin turibdi. Bu ma’lumotni Bild gazetasi ekspertlarga tayangan holda keltirmoqda.

Bonn universiteti qoshidagi Ilg‘or xavfsizlik, strategik va integrasiyani o‘rganish markazi direktori Ulrix Shlining so‘zlariga ko‘ra, Eron yadro quroli yaratish arafasida.

"Biz bu yerda bir necha haftalik davr haqida gapiryapmiz", dedi u.

Isroil Milliy Xavfsizlik Tadqiqotlari Institutidan eronlik ekspert Sima Shine, o‘z navbatida, Tehron bir hafta ichida atom bombasi ishlab chiqarish uchun yetarli uran olishi mumkinligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!