Eron Bayden va Makronning bayonotlaridan norozi bo‘ldi

Eron Bayden va Makronning bayonotlaridan norozi bo‘ldi

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Nosir Kanoniy AQSh va Fransiya prezidentlarining qo‘shma bayonotini tanqid qilib, unda Tehronga qo‘yilgan «asossiz va qabul qilib bo‘lmaydigan ayblovlarni» rad etdi. Bu haqda Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

«Kanoniy Eronga qarshi bayonotni asossiz va siyosiy maqsadlar ko‘zlanayotgan deb atadi», - deyiladi Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

U Tehronning «Xalqaro huquq va majburiyatlar doirasida MAGATE bilan texnik hamkorlikka» sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Amerika yetakchisi Jo Bayden bilan Yelisey saroyidagi muzokaralardan so‘ng o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida Parij va Vashington Eronni «mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish» harakatlarini to‘xtatishga majbur qilish uchun unga bosim o‘tkazish niyatida ekanini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!