Erga kattagina asteroid yaqinlashmoqda

Erga kattagina asteroid yaqinlashmoqda

Amerikaning NASA aerokosmik agentligi Yerga yirik SP1 asteroidi yaqinlashayotganini ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

Osmon jismining aniq o‘lchamlari hozircha noma’lum. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, uning uzunligi 70 dan 160 metrgacha bo‘lishi mumkin. Daily Express yozishicha, o‘z o‘lchamlari bo‘yicha asteroid Big Ben (96 m) yoki London charxpalagi (135 m)ni ortda qoldirishi mumkin.

SP1 soatiga 60 ming km tezlikda harakatlanmoqda. 3 oktyabr kuni u va Yer o‘rtasidagi masofa eng kichik nuqtaga yetadi — asteroid Yerdan 5,87 million km uzoqlikda uchib o‘tadi, bu Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan 15 barobar ko‘p demakdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!