Erdo‘g‘an va Orban ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy muammolarni muhokama qildilar

Erdo‘g‘an va Orban ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy muammolarni muhokama qildilar

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi.

Bu haqda Turkiya rahbari ma’muriyatining Aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi, shuningdek, mintaqaviy va global muammolarni muhokama qildilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!